Ayni vaqtda «Manchester Siti» jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlayotgan Manuel Pellegrinining agenti Xesus Martines o‘z mijozi keyingi mavsumda Rossiyaning «Zenit» jamoasi safida ish boshlashi mumkinligini bildirdi.
«Pellegrinini to‘rtta mamlakatdagi to‘rtta jamoa taklif qilmoqda. Ulardan biri Rossiyaning «Zenit» jamoasidir.
U katta ehtimol bilan «Zenit» taklifini tanlaydi», – deydi Pellegrini.
Eslatib o‘tamiz, Pellegrini mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etadi. Shuningdek, «Zenit»ni ayni vaqtda boshqarib turgan Andre Villash-Boash ham mavsum yakunida ketishi haqida ma'lum qilgan.