Jahondagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchilarning uchrashuvi joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda OPeKdagi Bloomberg va Reuters manbalari xabar bergan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Rossiyada yoki Qatar poytaxtida bo‘lib o‘tadi. Dastlab, ushbu uchrashuv 20 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, biroq 10 mart kuni ushbu masala bilan tanishgan Reuters manbasi uchrashuv bu sanada o‘tkazilmasligini ma'lum qilgan.
Agentlik suhbatdoshining aytishicha, Eron neft qazib olishni muzlatish borasidagi kelishuvga rozi bo‘lmagan. OPeKka kiruvchi yirik mutaxassislardan birining ta'kidlashicha, “Eron hech narsa qabul qilmaydi”.