OAV: Turkiya bosh vaziri Anqaradagi terakt tufayli Iordaniyaga safarini ortga surdi

Jahon 10:05 / 14.03.2016 1056

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li 13 mart kuni mamlakat poytaxti Anqara shahrida sodir etilgan teraktlar tufayli Iordaniyaga uyushtirishi kerak bo‘lgan safarini qoldirgan. Bu haqda "XaberTurk" nashri ma'lumot tarqatgan.

Vazir 15 mart kuni Iordaniyaga borishi kutilayotgandi. Bu safarning qoldirilgani haqida rasmiy xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 13 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:43da (Toshkent vaqti bilan soat 21:45) Anqara markazidagi Otaturk ko‘chasida, Qiziloy maydoni va Guven-park hududida portlash sodir bo‘ldi. Oxirgi ma'lumotlarda bu portlash tufayli 34 kishi halok bo‘lgani va 120dan ortiq kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgani aytilgan. Hudkush-terrorchi portlovchi moddalar o‘rnatilgan avtomobilni avtobus bekatiga olib kelib portlatib yuborgan.

Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.

Ko‘proq yangiliklar: