3 nafar moskvalik ayolni aldab ulardan 1 mln rubldan ko‘proq pul olgan “internet-kuyov” Moskvada sud qilinadi, deb xabar bermoqda Moskva prokuraturasi.
Tergov versiyasiga ko‘ra, 2014 yilda O‘zbekiston fuqarosi Umid Jabborov internetda tanishuvlar saytlaridan birida to‘qib chiqarilgan nom bilan ro‘yxatdan o‘tgan. U o‘ziga to‘q ayollarni tanlab, ularning ishonchiga kirgan va keyinroq turli bahonalar bilan ulardan pul so‘ray boshlagan.
2014 yil oktabridan 2015 yil yanvarigacha Jabborov 30-38 yoshli moskvalik ayollar bilan tanishgan. U ayollarga o‘zini xalqaro biznesi bor BAAlik tadbirkor sifatida tanishtirgan.
Sudlanuvchi ayollarda hayrat uyg‘otish uchun qimmatbaho mashinani ijara olgan, ularni restoran va kafelarga olib borgan. Jabborov ayollarga to‘satdan paydo bo‘lgan moddiy qiyinchiliklardan shikoyat qilgan va unga ko‘mak berishni so‘ragan. Ayollardan biri erkakka 190 ming rubl, yana ikki ayol 720 va 340 ming rubl bergan.
Jabborov pullarni olgach, g‘oyib bo‘lgan. Uni 2015 yil noyabrdagi tezkor tadbirlar davomida qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lingan.
Ushbu jinoiy ish Moskva shahri Ostankino tuman sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. Ayblanuvchi hibsda ushlab turilibdi.
Prokuratura Jabborovga qarshi jazo xulosasini tasdiqladi. Jabborov fuqaroga katta ziyon yetkazish bilan firibgarlik amalga oshirishda ayblanmoqda.