Misr bosh vaziri adliya vazirini payg‘ambar haqidagi so‘zlari uchun iste'foga chiqardi

Jamiyat 10:10 / 14.03.2016 1278

Misr bosh vaziri Sharif Ismoil mamlakat adliya vaziri Ahmad az-Zanadni Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) haqidagi nojo‘ya so‘zlari uchun iste'foga chiqardi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Tegishli farmon 13 martda imzolangan.

Ta'kidlanishicha, vazirning iste'foga jo‘natilishi haqidagi qaror uning Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) bilan bog‘liq aytgan so‘zlari sababli yuzaga kelgan mojarodan keyin qabul qilingan.

Adliya vaziri televizion intervyularidan birida "agar payg‘ambar qonunni buzganida shaxsan o‘zi uni qamoqqa jo‘natardim" degan. Keyinroq az-Zanad boshqa intervyusida bu so‘zlari uchun uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: