Marko Roys: «Avvaliga muxlisning o‘limi haqida bilmadik. Endi o‘yin xuddi bo‘lib o‘tmagandek»

Sport 10:17 / 14.03.2016 1669

Germaniyaning «Borussiya» Dortmund klubi yarimhimoyachisi Marko Roys mamlakat chempionatining «Maynts»ga qarshi uchrashuvi (2:0) paytida vafot etgan muxlis borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Maydonda turib tribunada nima bo‘layotganini tushunmadik. Hattoki hakam bizdan stadiondagi atmosfera nega bunaqa, qayg‘uli deb so‘radi. O‘yindan keyin bizga hammasini aytib berishdi. O‘yin endi xuddi bo‘lib o‘tmagandek tuyulib qoldi. Bu shunchaki tragediya. Orqaga qaytib, muxlislarga buning uchun minnatdorchilik bildirish yagona to‘g‘ri yo‘l edi», – deya ta'kidladi nemis futbolchisi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv paytida halok bo‘lgan muxlis sharafiga stadion You’ll Never Walk Alone qo‘shig‘ini kuylagandi.

"Borussiya" D jamoasi muxlisi "Maynts"ga qarshi o‘yin vaqtida jon berdi

Ko‘proq yangiliklar: