Madridda Frensis Bekonning 30 mln yevrolik suratlari o‘g‘irlab ketildi

Jamiyat 10:45 / 14.03.2016 1331

Madriddagi xususiy uylardan biridan ekspressionist rassom Frensis Bekon ijodiga mansub, umumiy qiymati 30 mln yevroni tashkil qiladigan 5ta surat o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda El Pais nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, irlandiyalik rassomning suratlari o‘tgan yilning iyunida o‘g‘irlab ketilgan. Ushbu jinoyat bo‘yicha tergov hanuzgacha davom etmoqda. Manbalarning ma'lum qilishicha, suratlar egasi 59 yoshli erkak bo‘lib, u Madridda 1992 yilda vafot etgan rassomning do‘sti bo‘lgan.

O‘z navbatida ekspertlar o‘g‘rilar qo‘liga qanday suratlar tushgan bo‘lishiga qaramasdan, ularni sotish mushkul bo‘lishini aytmoqdalar. Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan suratlar mamlakat tashqarisiga olib chiqib ketilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: