"Al-Qoida" terrorchilik guruhining Shimoliy Afrikadagi qanoti bo‘lgan "Islom Mag‘ribida Al-Qoida" guruhi Kot-d'Ivuardagi plyajda sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Kot-d'Ivuar prezidenti hujum oqibatida 16 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.
6 nafar qurollangan shaxs plyajdagi odamlarni o‘qqa tutgan. Bosqinchilarning barchasi yo‘q qilingan.
Hujumda jumladan Fransiya fuqarosi halok bo‘lgan. Fransiya prezidenti Fransua Olland bu hujumni "qo‘rqoqona hujum" deb atadi.