15 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Girometeorologiya markazi xabar berdi.
Yaqin kunlar davomida respublika bo‘ylab havo harorati iliq bo‘ladi. Respublikaning ayrim hududlarida g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda uning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayish ehtimoli bor.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 2500 metr balandlikdagi hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.