“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi shaxsiy ma'lumotlarni buzib kirish borasidagi ishda Apple tomonida bo‘ldi. Bu haqda CBS xabar bermoqda.
“60 soniya” shousi boshlovchisi Lesli Shtal unga quyidagicha savol bergan: Nima muhim, maxfiylik kafolatimi yoki terrorchilikka qarshi kurashishmi?
“Shaxsan men maxfiylik kafolati, degan javobni tanlar edim. Lekin bir narsa aniq bo‘lishi kerak: siz huquq-tartibon organlarini istisno etgan holatda jahondagi yuz millionlab odamlarning ma'lumotini xavf ostiga qo‘yasiz. Bu mumkin emas”, — deya ta'kidlagan Durov.
U aloqalar yoki himoyalangan yoki himoyasiz bo‘lishi kerak, degan xulosaga keldi.