Dubayda 325 metrlik tayanch-sakrash minorasi qurilishi mumkin

Jahon 18:11 / 14.03.2016 1776

Dubayda ekstremal sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun 325 metrli tayanch-sakrash minorasi paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqida Baland binolar va shahar muhiti kengashi hisobotida xabar berildi.

Mashhur “10 Design” arxitektori minoraning tashqi ko‘rinishini oltiburchakli to‘qimadan yasaladigan konstruksiyadan iborat bo‘lgan shaklda tasavvur etib, uning namunasini taklif etdi.

“Bunday oltiburchakli to‘qimali konstruksiya nafaqat bino tuzilmasining barqarorligini ta'minlaydi, balki ekstremal sport o‘yinlarini joylashtirishda ham qulay bo‘ladi. Aslida minora Everest tog‘iga ko‘tarilishni sun'iy ravishda bajarish uchun ishlangan”,-deyiladi kengashning xabarida.

Minoranining pastki qismlarida sayyohlar va oilalar uchun maxsus joylar, o‘rta qavatlarda esa tog‘ manzarasini qaytaruvchi maxsus oltiburchakli to‘qimali konstruksiya to‘rlariga chiqish attraksionlarini qurish mo‘ljallangan. Eng yuqori qavatlarda esa, eng tajribalilar uchun tog‘ning muz bilan qoplangan qismini takrorlovchi inshootlar quriladi.

Ko‘proq yangiliklar: