Angliyadagi Skorriyer qishlog‘ida yashovchi Mark Tomas dron yordamida uylardan birining hovlisida paydo bo‘lgan chuqurlikni tasvirga oldi.
Dron egasining baholashicha, chuqurlik 90 metr chuqurlikka ega va suv qatlami bilan tugaydi. Skorriyer qalay zaxiralariga boyligi bilan mashhur bo‘lib, uning hududida bu metallni qazib olish uchun ishlatilgan ko‘plab qarovsiz shaxtalar mavjud. 2014 yilda qishloqning bosh ko‘chasida chuqurlik paydo bo‘lgandi va bu transport qatnovining falajlanishiga olib kelgan.