Ayrim paytlarda tasodifan yoki qasddan daromad solig‘ining ko‘proq ushlab qolish holatlari kuzatiladi. Ana shunday vaziyat mablag‘ni qaytarishning qonuniy choralari belgilangan. Bu haqida Davlat soliq qo‘mitasi rais o‘rinbosari Odilxon Rustamov “Darakchi” nashrida ma'lum qildi.
“Soliq kodeksining 56-moddasi 1-xatboshiga asosan soliqning byudjyetga to‘langani hamda to‘lash uchun hisoblangan summasi o‘rtasidagi ijobiy farq soliqning ortiqcha to‘langan summasi deb, e'tirof etiladi va ortiqcha to‘langan summa soliq qarzini quyidagi ketma-ketlik hisobiga qoplanadi:
-soliqning mazkur turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish;
-boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha qarzni uzish;
-boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha penya va jarimalarni uzish;
-mazkur soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar;
-boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga qoplanadi.
Shundan so‘ng ortiqcha to‘langan soliqlarning qolgan summasi Soliq kodeksining 57-moddasiga asosan soliq to‘lovchining bankdagi hisob varag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish orqali qaytariladi”.