2015 yilda Eronda 966 kishi qatl etilgan, bu 20 yildan ko‘proq vaqt ichidagi eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bu haqda BMTning Erondagi inson huquqlari vaziyati bo‘yicha maxsus ma'ruzachasi Ahmad Shohid ma'lum qildi.
“2014 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davrda Eron 16 nafar balog‘atga yetmaganni qatl ettirib, xalqaro huquq me'yorlariga qaramasdan, Eron bunday amaliyotni qo‘llayotgan davlatlardan biri hisoblanadi”, deb aytdi Shohid.
“Qonunga ayblanuvchilarning protsessual kafolatlarini bergan, jumladan jinoiy sud jarayonining barcha bosqichlarida advokatga ega bo‘lish borasidagi yaqindagi o‘zgarishlarga qaramasdan, himoya qilishning bu hayotiy muhim vositalari har doim ham amaliyotda amalga oshirilmaydi. Eron qonunlari kafolatlaydigan huquqlar bilan amalda nima yuz berayotgani o‘rtasida katta farq bor”, deb aytdi Shohid.