Anqaradagi terakt vaqtida "Galatasaroy" futbolchisining otasi halok bo‘lgan

Sport 18:49 / 14.03.2016 1081

Istanbulning "Galatasaroy" jamoasi futbolchisi, Turkiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Umut Bulutning otasi Anqara terakti qurbonlaridan biri bo‘lgan. Bu haqda CNN-Turk xabar berdi.

Portlash 13 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:43da, Anqaraning Qiziloy tumanidagi avtobus bekatlarining birida, mamlakat bosh vaziriga qarashli ofis yaqinida, odamlar eng gavjum vaqtda sodir etilgan. Minalashtirilgan avtomobil odamlar mingan ikki avtobus o‘rtasida portlatilgan.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, hozirga qadar 37 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 125 kishi jarohat olgan, 71 kishi kasalxonalarda qolmoqda.

Ayni vaqtda 32 yoshda bo‘lgan Bulut "Galatasaroy" jamoasida 2012 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U jamoa bilan 2 marta Turkiya chempioni bo‘lgan va 3 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. U milliy terma jamoa uchun 36 o‘yinda maydonga tushgan.

Ko‘proq yangiliklar: