Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mexmet Muazzino‘g‘li 13 mart kuni Anqarada sodir etilgan terakt qurbonlari soni yana 3 nafarga ortgani va 37 nafarni tashkil qilayotgani haqida ma'lum qilgan.
Hürriyet Daily News nashrida yozilishicha, qurbonlar soni terrorchi-hudkushlar bilan birga hisoblangan.
Vazirning aytishicha, 30 kishi terakt sodir bo‘lgan hududda halok bo‘lgan, yana 3 kishi 14 mart kuni shifoxonada jon bergan. Ayni vaqtda shifoxonadagi 71 kishining 19 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Portlash 13 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:43da, Anqaraning Qiziloy tumanidagi avtobus bekatlarining birida, mamlakat bosh vaziriga qarashli ofis yaqinida, odamlar eng gavjum vaqtda sodir etilgan. Minalashtirilgan avtomobil odamlar mingan ikki avtobus o‘rtasida portlatilgan.