Anqaradagi portlashda kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Jahon 23:38 / 13.03.2016 841

Anqaraning gavjum tumanlaridan birida sodir etilgan portlash oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Haberler nashri.

Ta'kidlanishicha, ko‘plab odamlar yaralangan. Ayni vaqtda jabrlanganlar haqidagi ma'lumotlar aniqlashtirilmoqda.

Guvohlarning aytishicha, Anqaraning markazidagi gavjum tumanlardan biridagi biznes-markaz binosi yonidagi avtobus bekati yonida avtomobil portlatilgan. Portlash oqibatida yon atrofdagi ko‘plab transport vositalariga zarar yetgan.

Portlash joyida ko‘p sonda tez yordam brigadalari ish olib bormoqda. Shuningdek, voqea joyiga ko‘plab o‘ch o‘chirish brigadalari yetib kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: