Aktyor Maykl Duglasning kasalligi tufayli yana yarim yillik umri qolgani aytilmoqda

Jamiyat 23:13 / 13.03.2016 2486

Gollivud aktyori Maykl Duglas oilasiga yaqin odamlarning ma'lumotlariga ko‘ra, aktyorning kasalligi tufayli yarim yillik umri qolgan. Bu borada hech qanday rasmiy bayonot qilinmagan, biroq ba'zi alomalarga ko‘ra Duglasning salomatligiga putur yetgan. Bu haqda Radar nashri xabar berdi.

71 yoshli aktyor yaqindagina o‘zining sevimli Bermud oroliga keldi, aktyor bu yerda ba'zi ishlarini tartibga keltirishni, ba'zi aktivlarini sotishni hamda vasiyatnomani tahrir qilishni mo‘ljallamoqda.

"Maykl jannatga o‘xshash, o‘z avlodlari yashagan yerga qaraganda ko‘zlariga yosh keldi. U bu yerlarni yana ko‘rolmasligini anglagancha, g‘amginlik bilan suvga tikildi. Aktyorning vasiyatiga ko‘ra, uning xoki shu yerga yoyiladi", deb yozmoqda nashr.

Aktyorga 2010 yilda 4-bosqichdagi saraton tashxisi qo‘yilgan. Bunga aktyorning ba'zi zararli odatlari sabab bo‘lgani aytilgandi. Duglas intensiv davolashdan keyin yarim yil o‘tib, rafiqasi Ketrin Zeta-Djons bilan davolash muolajalari yordam bergani va kasallik chekinganini ma'lum qilgandi. Biroq yaqindagina saraton yana qaytib, avj olayotgani ma'lum bo‘ldi.

Ikkita "Oskar", 3 ta "Oltin globus", "Sezar" va "Emmi" mukofotlari sovrindori bo‘lgan aktyor 1944 yilda aktyor Kirk Duglas va aktrisa Diana Duglas Derridning oilasida dunyoga kelgan. Aktyor o‘tgan asrning 90-yillarida Gollivudning eng taniqli va eng ko‘p haq oluvchi aktyorlaridan biri bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: