Xorvatiyada aravachada yuruvchi nogiron bankni tunab ketdi

Jahon 10:06 / 12.03.2016 1142

Xorvatiya poytaxti Zagrebda nogironlar aravachasida yuruvchi erkak bankni tunab ketdi. Voqeaning tasodifiy guvohlari ularning oldida nogiron emas, balki o‘g‘ri ekanligini tushunishmagan, shuning uchun unga ko‘mak ko‘rsatishgan.

Bank mijozlari erkakka bankka kirishiga yordam berishgan – unga bank eshiklarini ochib berishgan, navbatda joy bo‘shatishgan. Biroq 35 yoshli nogiron kassir oldiga kelgach, unda bomba borligini aytib, barcha pullarni berishni talab qilgan.

Bank xodimi qarshilik ko‘rsatmagan va tovlamachi-nogironga kassadagi barcha pulni, ya'ni taxminan 50 ming kunni (6,7 ming yevro) berib yuborgan.

So‘ngra nogiron bankdan hech qanday qiyinchiliksiz chiqib ketgan, voqeadan garang bo‘lgan mijozlar esa unga qarshilik ko‘rsatishmagan. Nogiron ko‘chaga chiqqach taksilar turadigan joyga yo‘l olgan. Taksi haydovchisi ham nogironga yordam bergan – u nogironni mashinaga o‘tkazib, uning aravachasi va sumkasini yukxonaga joylashtirgan hamda aytilgan manzilga – Belovar shahriga olib borgan.

Biroq o‘g‘rini u yerda politsiya allaqachon kutib turgan bo‘lgan. Vecernji list gazetsining ma'lum qilishicha, nogironni politsiyaga avtomobil koordinatalarini berib turgan taksi xizmati yordamida aniqlashga muvaffaq bo‘lingan.

Ko‘proq yangiliklar: