Xitoy eksportni oshirish uchun devalvatsiyaga muhtoj emas

Iqtisodiyot 11:55 / 12.03.2016 2064

Xitoy eksportni rag‘batlantirish uchun milliy valyutani devalvatsiya qilishi shart emas, deb xabar berdi Xitoy xalq banki (Milliy bank) rahbari Chjou Syaochuan.

“Bizda bozor jarayonlarini boshqarish va mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini oshirish uchun yuan kursi bilan manipulyatsiya qilish zaruriyatimiz yo‘q”,- deb aytdi Syaochuan. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, fevral oyida eksport hajmining kamayganiga qaramasdan, XXRning jahon savdosidagi ulushi ko‘paydi.

“Xitoy mahsulotlari hali ham jahon bozorida raqobatbardosh. Eksportni rag‘batlantirish uchun zudlik bilan qarorlar qabul qilishning zarurati yo‘q”, - deb qo‘shdi Xalq bank rahbari.

KNR bosh bojxona boshqaruvining ma'lumotlariga ko‘ra, eksport hajmi fevral oyi bo‘yicha yillik ko‘lamda 20.6 foizga 821.8 mlrd yuanga (126,3 mlrd dollar), import esa 8 foiz 612,3 mlrd yuanga (94,1 mlrd dollar) qisqargan.

Ko‘proq yangiliklar: