Xitoyning Xaynan viloyatining 2015 yilda sayyohlikdan olgan daromadi 13 foizga oshib, 57,25 mlrd yuanni (8,79 mlrd dollar) tashkil qildi, deb xabar bermoqda viloyatning sayyohlik ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi. O‘tgan yili orolga 53 mln sayyoh tashrif buyurgan, bu esa 2014 yildagidan 11,4 foizga ko‘proqni tashkil qilgan.
Xitoy hukumati bu o‘sish dinamikasi saqlanib qolishi va orolga borgan sari ko‘proq xorijliklar, jumladan rossiyaliklar kelishiga umid bildirmoqda.
"2016 yilda orol 58,69 mln sayyohni, shu jumladan 640 ming xorijlikni kutib olishni va sayyohlikdan olinadigan daromadni 65 mlrd yuanga yetkazishni mo‘ljallamoqda", deb aytildi qo‘mitada.
2010 yildayoq Xitoy hukumati Xaynanni xalqaro sayyohlik oroliga aylantirishga qaror qilgandi. Xitoy rejalariga muvofiq, 2020 yilgacha viloyatga har yili 80 mln dan ko‘proq sayyoh, jumladan 1,2 mln xorijlik tashrif buyurishi va sayyohlikdan olinadigan daromad 100 mlrd yuandan ko‘proqni tashkil qilishi mo‘ljallanmoqda.