Toshkentlik 14 yoshli Madina mashhur “Golos. Deti” musiqa loyihasining tanlov jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Tanlovning uchinchi fasli Birinchi kanalda 20 fevral kuni boshlandi.
U tanlovning “ojiz holda tinglash” shartida italyan bastakori Jakomo Puchchinining “Janni Skikki” operasidagi soprana repertuari ariyasi – “O mio babbino caro” bilan ishtirok etdi. Uning qo‘shig‘ini tinglagan barcha ustozlar – Dima Bilan, Pelageya va Leonid Agutin uni o‘z jamoalarida olib qolishni istashdi.
Madina qaror qabul qilish juda ham qiyin kechgani va oxir-oqibat Pelageya jamoasini tanlaganini aytib o‘tdi.
“Ojiz holda tinglash” doirasida ustozlar 15 nafar yosh ijrochilar (7 yoshdan 14 yoshgacha)dan iborat jamoani tashkil etishadi. Musiqali “jang”da har bir jamoa uchga bo‘linadi, har bir uchlikdan keyingi bosqichga faqatgina bir ishtirokchi chiqa oladi. Har bir jamoadan 5 nafar vokalchilar finalda 2 o‘rin uchun kurash olib boradi. Finalda esa tomoshabinlar jonli efirdagi ovoz berish yo‘li orqali g‘olibni aniqlashadi.