Pxenyan o‘zining suv osti kemalaridan birini yo‘qotib qo‘ydi. Kema bilan aloqa yo‘qotilgan. Bu haqda AQShdagi manbalarga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, AQShlik harbiylar kema ortidan kuzatuv olib borgan. Kema Shimoliy Koreyaning sharqiy sohillari yaqinida noma'lum vazifani bajargan. AQShda kemaning kelgusi taqdiri, ya'ni u cho‘kib ketganmi yoki suzib yuribdimi, aniq bir ma'lumot yo‘q. Biroq kema manyovrlar vaqtida shikastlangan bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, suv osti kemasi raketalar otishni mashq qilayotgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Shimoliy koreyalik harbiylar suv osti kemasini qidirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazmoqdalar. Kemani AQSh razvedkasi ham aviatsiya va kemalar ko‘magida qidirmoqda.
CNN’ning ta'kidlashicha, kemani qidirish operatsiyasi bir necha kundan beri davom etmoqda.