Shu kunlarda xonanda Rayhon o‘zining “Tabib” deb nomlangan qo‘shig‘iga yangi klip suratga olmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, mazkur klipda Rayhon Misr malikasi Kleopatra timsolida gavdalanadi. Shuningdek, klipda Rayhonning sevgilisi rolini ijro etayotgan debyutant aktyorni ham uchratish mumkin. Uni ko‘pchilik internet foydalanuvchilari Rayhonning “boyfrend”iga chiqarib ham qo‘yishdi. “Shov-shuv.uz” sayti Rayhon bilan bog‘lanib, mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
“Ayrim internet foydalanuvchilarining yozishicha, ‘Tabib’dagi qahramon sizning yigitingiz ekan” degan savolga Rayhon: “Boya shu ma'lumotni o‘qib, lol qoldim. Kim o‘ylab topadi, bunaqa mish-mishlarni? Bu yigitni birinchi bor ko‘rishim. Klipni suratga olishdan oldin qahramon izladik. Shu yigitni maslahat berishdi. Uning ishlarini kuzatdik. Suratga tushishda juda professional. Keyin rejissyor bilan maslahatlashib, uni “Tabib”da rol ijro etishini tasdiqladik. Bo‘ldi, boshqa hech qanday gap yo‘q!”,— deya javob berdi.