Qirg‘iziston bosh vaziri mamlakat vazirlariga hukumat qarorlarini tanqid qilishni taqiqladi

Jahon 15:23 / 12.03.2016 1671

Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev mamlakat vazirlar mahkamasi a'zolari hukumat qarorlariga qarshi tanqid qilishni taqiqladi.

Chunki avvalroq Qirg‘izistonda avvalgi hukumat vakillari tomonidan puxta o‘ylab chiqilmagan qonunlarni bekor qilish boshlandi. Masalan, bir hafta muqaddam Yevrosiyo iqtisodiy kengashiga a'zo davlatlar bilan tovar ayirboshlashda oldindan xabar qilish borasida qabul qilingan qaror bekor qilingan edi.

“Biz mamlakat miqyosida ko‘riladigan barcha masalalarda yagona pozitsiyaga ega bo‘lishimiz kerak. Parlament yalpi majlislarida bizning vakolatli vakillarimiz hukumatni himoya etishlari lozim. Vazirlar parlament tomonidan qabul qilingan qarorlarga norozilik bildirishlari taqiqlanadi”, — dedi Sariyev respublika hukumati yig‘ilishida.

Ko‘proq yangiliklar: