Povetkin Moskvada jahon chempioni maqomi uchun jang olib boradi

Sport 12:24 / 12.03.2016 1198

Aleksandr Povetkin joriy yilning 21 may kuni, Moskva shahrida jahon chempioni maqomi uchun jang olib boradi. Bu haqda bokschining promouteri Aleksandr Ryabinskiy ma'lum qilgan. Povetkinning raqibi superog‘ir vazn byo‘icha WBC yo‘nalishi jahon chempioni, AQShlik Deontey Uaylder bo‘ladi.

«Jang 21 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Ammo sana o‘zgarishi mumkin, ammo biz 21 may kuni jangni o‘tkazishni rejalashtiryapmiz», — dedi Ryabinskiy.

Jang aslida AQShda o‘tishi nazarda tutilgan edi, ammo Ryabinskiy uni Rossiya poytaxtiga ko‘chrishga muvaffaq bo‘ldi.

Povetkin belpressa.ru nashriga bergan intervyusida jumladan shunday degan: «Raqibim haqda mnga ayon narsa shuki, u WBC versiyasi bo‘yicha jahon chempionidir. Yaxshi, kuchli bokschi. Shu bilan birga kuchli zarbaga ega. Qattiq mehnat qilishga to‘g‘ri keladi».

Ko‘proq yangiliklar: