O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2018, ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yinni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkazadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy sayti.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 24 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Filippinga qarshi uchrashuvi ham, Bahraynga qarshi 29 mart kuni bo‘ladigan o‘yin ham 18:00da start oladi.
Ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining ushbu ikki uchrashuviga jalb etiladigan futbolchilar ro‘yxati 14 mart kuni O‘FF rasmiy sayti orqali ma'lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ikki o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasi olti uchrashuv o‘tkazib, 15 ochko to‘plagan holda guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Guruhda hozircha 7 uchrashuvda 16 ochko jamg‘argan KXDR terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda.