London markazida katta o‘lik kalamush topildi. Kalamushni bolalar maydonchasida ishchilar topib olishgan, ularning aytishicha, kemiruvchi 4 yoshli boladek kelgan, deb xabar bermoqda Telegraph nashri.
Britan OAVlarida kommunal xizmatlar xodimi, 46 yoshli gazchi Toni Smit chop etgan kalamushning surati paydo bo‘ldi. Smitning aytishicha, kalamushning uzunligi 1,2 metr, vazni esa 12 kg atrofida bo‘lgan.
Smitning aytishicha, u bunday katta kalamushga birinchi bor duch kelgan. Mahluq-kalamushning jasadi chiqindi qutisiga tashlab yuborilgan, biroq bundan avval katta kalamushlar borligiga ishonmaydiganlar uchun g‘ayriodatiy o‘lchamdagi kalamushni suratga olishga qaror qilingan.
Smitning aytishicha, u hamkasbi bilan ishlayotgan uyda kalamushlar juda ko‘plab uchraydi. Ularga zahar ta'sir qilmaydi, chiqindi idishlari esa yopilmaydi, shuning uchun kemiruvchilar deyarli doimo oziqalanaveradilar. Mahalliy kommunal xizmatlar xodimlari hukumat katta kalamushlar muammosini bilishini, lekin aholi orasida vahima uyg‘otmaslik uchun uni aytmaslikni afzal ko‘rishini aytmoqdalar.
Biroq ba'zilarning fikricha, suratdagi kalamush o‘lchamlari shubhali ko‘rinmoqda. Ehtimol katta kalamush bilan jasurona suratgan tushgan erkak shunchaki uni kameraga yaqin tutayotgan bo‘lishi va buning natijasida kalamush shunday katta ko‘rinayotgan bo‘lishi mumkin.
Bu "hiylagarlik" qanday amalga oshirilishi quyidagi suratda namoyish qilingan.