Karlo Anchelotti qanday qilib Messini to‘xtatish haqida fikr bildirdi

Sport 15:41 / 12.03.2016 1560

“Real Madrid”ning sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Barselona” hujumchisi Lionel Messini qanday qilib to‘xtatish mumkinligini tahlil qildi.

“Messini qo‘riqlash uchun alohida o‘yinchi biriktirib qo‘yish juda qiyin. Messini to‘xtatish uchun u o‘yinchi juda yuqori saviyada o‘ynashi kerak. Messini to‘xtatishning eng yaxshi usuli – jamoa bo‘lib harakat qilish va chiziqlar orasidagi masofani qisqartirish. Maydon markazini ko‘p sonli futbolchilar bilan to‘ldirish orqali “Barselona”ga o‘z uslubida harakat qilishga yo‘l qo‘ymaslik. Bu Messining imkoniyatlarini kamaytirib, unga kamroq to‘p borishini ta'minlaydi.

Yana bir muhim vazifa – uni qanotning o‘zida to‘xtatishga harakat qilish kerak. Bordiyu u markazga kira olsa o‘zining chap oyog‘i bilan zarba bera oladi. Bularni barchasini amalga oshirib boshqa muammoga duch kelasiz: “Barselona”da boshqa ustunliklar ham bor. Faqatgina Messini to‘xtatish bilan shug‘ullansangiz xavf boshqa futbolchilar tomonidan kelishi mumkin. Mening xulosam shunday: bordiyu Messi 100 foiz tayyor bo‘lsa, uni to‘xtatib qolishning imkoni yo‘q. Bunday vaziyatda murabbiy ham, taktika ham, himoyaviy strategiya ham yordam bera olmaydi”, – deb fikr bildirdi Anchelotti. 

Ko‘proq yangiliklar: