Firibgar ayolning nayrangi fosh bo‘ldi

Jamiyat 17:27 / 12.03.2016 1889

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘tgan yilning 12 aprel oyida Sergeli mashina bozoridan bir odamning “Matiz” avtomobilini 30 oyga 12 ming 250 AQSh dollariga ijaraga olish haqida kelishib oladi. Mashina opasining nomida bo‘lgan. Kelishuvga ko‘ra, har oy 400 AQSh dollaridan to‘lab turishi kerak edi.

“Ogoh” nashrining yozishicha, avtomashinani ijaraga olgan odam avvaldan 1000 AQSh dollarini beradi. Biroq bu natariusdan rasmiylashtirilmaydi. Haydash uchun ishonchnoma ham olinmaydi. Ijarachilar ikki uch-marta ayolning yoniga borib, topa olmaydi.

Bir-ikki oy 400 AQSh dollaridan berib turadi. Biroq har oy buncha pulni topishga qiynalgani uchun Rossiya federatsiyasiga ishlashga ketadi va o‘sha yerdan turib, pul jo‘natib turadi. Biroq oktabr oyida sog‘lik bilan bog‘liq muammo sabab, O‘zbekistonga qaytadi. Oktyabr oyida 300 dollar bergach, ayolning bundan jaxli chiqadi. Ishonchnoma so‘rab kelganda esa janjal ko‘taradi. Mashinani o‘ziga qaytarib, pulning ma'lum qismini ham berishini so‘raganda esa, bir so‘m ham bermasligini aytadi.

Oradan bir necha kun o‘tgach, avtomobilni ijara olgan fuqaro ayolga qo‘ng‘iroq qilib, “hech bo‘lmaganda 1000 AQSh dollarini qaytarib bering”, deydi. Ayol rozi bo‘lib, “Matiz”ni ham olib kelishlarini aytadi.

Makkora ayol IIBga qo‘ng‘iroq qilib, uning avtomashinasini olib qo‘yishgani, evaziga 1000 AQSh dollari talab qilishayotganini aytadi. Kelishilgan paytda, kelishilgan joyda 1000 AQSh dollarini ayoldan olayotgan ijarachilar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olinadi.

“O‘z pullariga ham mashina ololmasdan shuncha qiynalishganlari yetmaganidek, endi qia-qizil firibgarga aylanib qolgan bu ikki jabrdiydaning mushkullari oson bo‘lib, haqiqat qaror topdi va bir guruh mashina olib-sotarlarining faoliyatiga chek qo‘yildi”, deb yozadi gazeta.

Ko‘proq yangiliklar: