Britaniya harbiy samolyoti daydi it deb falokatga uchrashiga bir baxya qoldi

Jahon 01:29 / 12.03.2016 1674

Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-havo kuchlariga tegishli Tornado harbiy samolyoti Kiprdagi aerodromga qo‘nayotganda daydi it deb falokatga uchrashiga bir baxya qoldi. Bu haqda britan OAVlari ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot IShIDning pozitsiyalariga kechki payt hujum qilgandan keyin Kiprdagi Akroiti bazasiga qo‘nayotgan vaqtda uning oldidan to‘satdan it paydo bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, samolyot shu vaqtda 320 km/sot tezlik bilan uchayotgan bo‘lgan. Jurnalistlarning ta'kidlashicha, samolyot uchuvchisi va shturmanida to‘qnashishdan qochishga imkon bo‘lmagan, ularda katapultalash varianti ham bo‘lgan, biroq oqibatda ularni itni urib yuborgan.

To‘qnashuv oqibatida uchuvchilarga shikast yetmagan, biroq samolyotning shassisiga shikast yetgan va bu shikast bir necha yuz ming funt sterlingga baholangan.

Ma'lum qilinishicha, itlar galasi Akroiti bazasi hududida yegulik izlab, izg‘ib yuradi. Biroq daydi itlarga qarshi kurashish uchun pul ajratilmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: