BAAlik psixologlar ota-onalarni bolalariga kamroq pul berishga chaqirmoqda

Jamiyat 18:43 / 12.03.2016 2000

BAAlik psixologlar ota-onalarni farzandlariga kamroq pul berishga va bu pullarni sarflashni qattiq nazorat qilishga chaqirmoqda. National nashrining yozishicha, ijtimoiy olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalarining mablag‘ini bekordan bekorga sovurishar ekan. Shu bois mutaxassislarning fikricha bu yoshdagi bolalarga kitob va foydali narsalar sotib olishga pul berish kerak. Fastfudlarga, kompyuter o‘yinlariga va gadjyetlarga pul ajratish tavsiya etilmaydi.

Gazeta bergan ma'lumotlarga ko‘ra, sotsiologlar 2,5 ming bola va 3 ming ota-ona o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma ajratgan. “BAAlik aksari bolalar ota-onalaridan oyiga 140 dollardan pul olishar ekan. Bu boshqa mamlakatdagi tengdoshlariga nisbatan ikki barobar yuqori ko‘rsatkichdir. Ulardan 47 foizi olgan pullarini darrov sarflab yuboradi. 36 foizi qismlarga bo‘lib sarflaydi va 17 foizi esa biror nima xarid qilish uchun olgan pullarini yig‘adi.

Mutaxassislar, shuningdek, bolalar pullarni huda-behuda sarflashsa, ularda mas'uliyatsizlik xarakteri paydo bo‘lib qolishidan ham ogohlantirishgan.

Ko‘proq yangiliklar: