Arab davlatlari ligasi "Hizbulloh"ni terrorchilik guruhi deb tan oldi

Jahon 09:17 / 12.03.2016 1749

Arab davlatlari ligasi ayni vaqtdan boshlab "Hizbulloh" shialar guruhiga terrorchilik guruhi sifatida qaraydi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Arab davlatlari ligasi tashqi ishlar vazirlari qo‘mitasi "Hizbulloh"ni terrorchilik tashkiloti deb tan olishga qaror qildi", deb aytilmoqda liganing yakuniy kommyunikesida.

Bu qaror Iroq va Livandan tashqari liganing barcha a'zolari tomonidan ma'qullandi.

Avvalroq Iroq Fors ko‘rfazi qirolliklari tomonidan bosim o‘tkazilayotganiga qaramasdan "Hizbulloh"ni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritmasligi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: