Mashhur britaniyalik klavishachi va kompozitor Kit Emerson 71 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Musiqachining o‘limiga uning o‘z joniga qasd qilgani sabab bo‘lgan. Musiqachining jasadi uning Santa-Monika shahridagi uyida politsiyachilar tomonidan topilgan, deb xabar berdi 11 martda mahalliy politsiya vakili Rudi Kamarena.
Kamarenaning aytishicha, voqea sabablari noma'lumligicha qolmoqda.
"Kit Emerson o‘tgan kecha o‘zining Santa-Monikadagi uyida vafot etganini chuqur qayg‘u bilan ma'lum qilamiz", deb aytildi musiqachining sobiq guruhi Emerson, Lake & Palmer guruhi bergan xabarda.
Guruhning boshqa ishtirokchisi Karl Palmer quyidagi xabarni tarqatdi: "Mening do‘stim va musiqadagi og‘am Kit Emerson vafot etganini bilish juda ayanchli. U juda nozik didli musiqachi edi, uning musiqaga muhabbati va klavishali asboblarda o‘ynashga ishtiyoqi yaqin yillarda hech kim tomonidan zabt etila olmaydi".
Musiqachi rok-musiqa tarixida eng yaxshi klavishachilardan biri sifatida e'tirof etilardi.