5 million kilometr yurgan noyob mashina

Fan-texnika 14:52 / 12.03.2016 2259

Ushbu mashina Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan. 1961 yilda ishlab chiqarilgan shvedlarning Volvo P1800S modeli shu paytga qadar 3 mln mil, ya'ni 5 mln km. ga yaqin masofada yurgan. Uning egasi Irv Gordon mashinani “dam oldirish”ni istamayapti.

Irv 1966 yilda mashinani sotib olgach, darrov unda sayohat qilishni boshlab yuborgan. Xariddan ikki kun o‘tiboq u ikki ming kilometr yo‘lni bosib qo‘ygan edi. Shundan so‘ng Irv har kuni o‘z avtomobilida sayohat qiladi va har kuni 200 km yo‘lni bosib o‘tadi. Oradan 10 yil o‘tib, mashina bosib o‘tgan yo‘lning ko‘rsatkichi 800 ming kilometrni tashkil etadi.

Gordon har yili yangi-yangi natijalarga erishmoqda. Agar hisob-kitob qilinadigan bo‘lsa, avtomobil o‘z xo‘jayini bilan yer yuzsini ming marta aylanib chiqqan bo‘ladi. Irv ayni damda 72 yoshda, mashinasi esa 2011 yilda ellik yoshini qarshilagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: