Xitoylik o‘z uyida ulkan qovog‘ari-transformer yasadi

Fan-texnika 21:02 / 11.03.2016 1304

Xitoyning Gansu qishlog‘ida yashovchi fermer “Transformerlar” kinofilmining qahramonlaridan biri bo‘lgan Bamblbining (qovog‘ari) ulkan modelini o‘z qo‘llari bilan terib chiqdi. U o‘z uyining kiraverishida og‘irligi ikki tonnaga teng keluvchi haykalni yasagan. Bu haqda South China Morning Post xabar bergan.

Transformer po‘lat va o‘t o‘chirgich yordamida mototsikl va avtomobilning qismlaridan yaratildi. Qovog‘ari tanasining uzunligi 6,8 metrni tashkil etib, uning yelka kengligi 2,9 metrga teng. Bu modelni yaratish uchun to‘rt oy vaqt sarflandi.

Nashrning qayd etishicha, “Transformerlar” ilmiy-fantastik kinoepopeyasi Xitoyda juda ham mashhur bo‘lib, gansulik fermer ushbu haykalni o‘z uyida barpo etgan birinchi mahalliy muxlisga aylandi.

Bamblbi (qovog‘ari) “Transformerlar”ning juda ham taniqli qahramonlaridan biri hisoblanib, u avtobotlar qarorgohiga tegishli. U korpusining rangi qora va sariqdan iborat bo‘lgani uchun “qovog‘ari” degan laqabini olgan.

Ko‘proq yangiliklar: