Xitoy atom energetikasi sohasidagi xavfsizlikni ta'minlash maqsadida qonun qabul qilishi mumkin. Bu haqda "Xuantsyu shibao" gazetasida yozilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, qonun loyihasi Xitoy xalq vakillari kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.
Xitoy akademiyasi fizigi Xe Tszousyuning fikricha, bu yadro energetikasi hamda mamlakat milliy xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Uning fikriga ko‘ra, muhokama bo‘layotgan qonun loyihasi terrorchilarni atom obektlariga bo‘ladigan ehtimoliy hujumlarining oldini oladi.