Xiaomi kompaniyasi barmoqlar skaneriga ega Redmi 3 smartfonini ishlab chiqaradi

Fan-texnika 08:46 / 11.03.2016 1735

Internetda yaqinda paydo bo‘lgan Xiaomi Redmi 3 smartfonining barmoq izlari skaneriga ega modifikatsiyasi chiqishi haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina portali ma'lum qildi.

Smartfonning 2015810 indeksi ostidagi ilg‘orroq versiyasi haqidagi ma'lumot Xitoyning TENAA regulyatori ma'lumotlari bazasida paydo bo‘ldi. Unda smartfonning turli tarmoq standartlarini qo‘llab-quvvatlovchi boshqa modifikatsiyalari haqida ham ma'lumot berilgan.

Smartfonning barmoq izlari skaneriga ega versiyasi ko‘rsatkichlari oddiy Redmi 3’nikida deyarli farq qilmaydi. Smartfon 5 dyuymli 1280x720 pikselli ekran, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 616 protsessori va 2 Gb tezkor xotiraga ega. Akkumulyator sig‘imi 4000 mA-soatni (Redmi 3’da 4100 mA-soat) tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: