Meldoniy (mildronat) preparati 2016 yilning 1 yanvaridan sportda taqiqlangan moddalar qatoriga kiritilganidan keyin 60 nafar sportchi qonida aynan shu modda topilgan. Bu haqda Butunjahon antidoping agentligi (WADA) vakili Ben Nikols New York Times nashriga ma'lum qilgan.
«7 mart kunigacha bo‘lgan muddatga qadar doping-testlar natijasida 60ta tekshiruvlarda natijalar ijobiy bo‘lgan. Bu raqam yana o‘sishi tayin», - deydi Nikols.
Hozircha 12 nafar sportchining nomi ma'lum. Ular orasida rossiyalik Mariya Sharapova, biatlonchi Eduard Latipov, velopoygachi Eduard Vorganov, figurali uchish ustasi Yekaterina Bobrova, konkida yuguruvchi Pavel Kulijnikov, short-trek ustasi Semen Yelistratov va Yekaterina Konstantinova, voleybolchi Aleksandr Markin kabi sportchilar mavjud.