Rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin bir qator rossiyalik sportchilarni jazolanishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan meldoniy dori vositasini iste'mol qilib ko‘rishga qaror qildi.
«Butun dunyoda iste'mol qilinadigan yaxshi va foydali dori vositalari u qadar ko‘p emas. Bizda bir paytlari boshqirdcha asal va qayin daraxti sharbati foydali ekani kashf qilingandi. Qabul qilinmagan, aynan kashf qilingandi.
Eng achinarlisi biz o‘zimiznikilarni himoya qilishni bilmaymiz. Buning o‘rniga parket ustiga chiqvolib, olimpiyachilar uchun bal tashkil qilish uchun o‘zimizning metodikamiz va ilm-fanimiz yutuqlarini himoya qilishga o‘tib olamiz.
Sportchilar ekstremal yuklamalar natijasida qandaydir dori preparatlari yordamisiz o‘zlarini tiklab olishlari juda qiyin. Qanday preparatlar bilan ekanini esa kimdir kuzatib borishi kerak.
Hozir esa yaxshi dori vositalari va sportchilarni himoya qilmaganlarni jazolash kerak. Mildronat haqida juda ko‘p ma'lumotlarni bilib oldim va yurak mushaklarim faoliyatini tartibga solish uchun uni iste'mol qilishga qaror qildim», – deya ta'kidladi Utkin.