UCell butun O‘zbekiston bo‘ylab abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ofislari tarmog‘ini kengaytirishni davom ettirimoqda.
2016 yilning 11 mart kuni Surxondaryo viloyatining Denov shahrida UCell’ning yangi ofisi o‘z eshiklarini ochdi. Tantanali ochilish marosimida UCell va OAV vakillari, faxriy mehmonlar, kompaniya mijozlari qatnashdi. Navro‘z tantanalariga bag‘ishlangan yangi ofis ochilishi Denov tumani aholisi uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.
Ofis dizayni TeliaSonera kompaniyalari guruhining xalqaro standartlariga muvofiq tarzda — skandinavcha ixcham uslubni milliy o‘ziga xoslik bilan uyg‘unlashtirgan holda ishlab chiqilgan. Yangi ofisning ochilishi xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi va kompaniya O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘z abonentlariga yanada yaqinlashdi. Hozirgi kunda UCell kompaniyasining butun O‘zbekiston bo‘ylab, xususan, Denovni ham qo‘shib hisoblaganda, 23 ta o‘z ofisi bor.
Eldor Sulaymonov, Savdo va xizmat ko‘rsatish kanallarini boshqarish departamenti direktori: “Mijozga yo‘nalganlik — kompaniyamiz e'tibori qaratiladigan eng asosiy jihatdir. UCell’ning shahar markazida joylashgan yangi ofisi ochilishi bu yo‘nalishdagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Hozirgi kunda O‘zbekistonning barcha yirik shaharlarida UCell’ning o‘z ofislari ochilgan. Maqsadimiz — barcha ofislardagi xizmat ko‘rsatish sifatini yagona yuqori darajaga olib chiqish. Abonent qaysi ofisga murojaat qilishining ahamiyati yo‘q — u o‘ziga zarur barcha xizmatlar tez va sifatli ko‘rsatilishiga har doim ishonchi komil bo‘lishi kerak”.
Ofisning ochilishi an'anaviy bayramona dastur va kompaniya abonentlariga esdalik sovg‘alarini ulashish bilan davom etdi. Bundan tashqari, Denov ahli ijobiy hissiyotlar va UCell xodimlarining samimiy qutlovlarini qabul qilib oldi.