Turkiyada noma'lum sarmoyachi Istanbul birjasiga qo‘rquv solmoqda

Jahon 22:42 / 11.03.2016 1195

Turkiyada noma'lum sarmoyachi Istanbul fond birjasiga qo‘rquv solmoqda. Bozorning ba'zi ishtirokchilari uni "baloyi azim" (The dude) deb ham nomlashga ulgurishdi. "Baloyi azim" katta stavkalar qilmoqda, uning investitsion harakatlarini esa qolgan ishtirokchilar tushuntira olishmayapti. Bu orada "baloyi azim" bozorni nafaqat o‘zining xatti-harakatlari, balki bitimlar hajmi bilan ham qo‘rqitmoqda. Bu bitimlar gohida bozor bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlardan bir necha bor ko‘proqni tashkil qilmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

"Baloyi azim" savdolarda yarim yil avval paydo bo‘lgan, u o‘zining birinchi kunidayoq 450 mln dollarlik bitimlar amalga oshirgan, bu esa bir kunda bozorda amalga oshiriladigan bitimlar o‘rtacha miqdoridan ikki barobar ko‘proqni tashkil qiladi. Noma'lum sarmoyachi hanuzgacha borgan sari ko‘proq xatarli bitimlar amalga oshirmoqda va bu bilan qolgan ishtirokchilarni qo‘rqitmoqda, chunki ular uning "yana qachon bozorga zarba berishini" bilmayaptilar.

Boshqa sarmoyachilar sirli sarmoyachini aniqlay olmayaptilar. Misol uchun, Istanbul Portfolio kompaniyasidan bo‘lgan Turgay Ozaner "baloyi azim"ni aniqlash maqsadida har kuni savdolar natijalari haqidagi hisobotlarni kuzatmoqda, biroq hozirda buning uddasidan chiqa olmayapti.

"Hech kim hech narsani bilmayapti. Va bu biz odatda hamma narsadan xabardor bo‘ladigan Turkiyada sodir bo‘lmoqda", deb aytmoqda Ozaner.

"Baloyi azim" mantazam ravishda brokerlik idorasini o‘zgartirmoqda, bu esa uni qidirishni qiyinlashtirmoqda. Hozirda u Yatirim Finansman orqali savdo qilayotgani ma'lum. Buning natijasida avval 2 foizdan ko‘proq savdo o‘tkazmagan kichik kompaniya hozir bozor yetakchisi UBS’dan o‘zib ketdi.

"Uning "cho‘ntaklari" qolgan ishtirokchilarnikiga nisbatan shunchalik kattaki, u bozorni o‘zi istagancha boshqarishi mumkin", deb achchiqlanib gapirmoqda Ak Portfoy rahbari Kerem Baykal.

Bozor ishtirokchilari "baloyi azim"ning faolligini u savdo robotlarini ishlatishi bilan bog‘lashmoqda. Istanbul birjasi 2015 yilda odamlar o‘rniga algoritmlarni ishlatishni afzal ko‘radigan firmalarni jalb qilish maqsadida ma'lumotlarni qayta ishlovchi markazni ishga tushirgan.

Ko‘proq yangiliklar: