11 mart kuni Toshkent shahrida ikki — Toyota Prado va BMW mashinalari o‘rtasida yo‘l transporti hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda feysbukdagi «Voditeli Tashkenta» guruhida ma'lum qilishgan.
Foydalanuvchilarning qoldirgan izohiga qaraganda hodisa poytaxtning Ts-5 mavzesida, Germaniya elchixonasida yonida sodir bo‘lganligini bilish mumkin.
Izoh qoldirganlar orasida Svetik Moskovtseva nomli foydalanuvchi BMW mashinasi uning turmush o‘rtog‘i ekanligi, hozirda uning salomatligi jyoida ekanligini aytib o‘tgan. Shuningdek, uning so‘zlariga qaraganda, Toyota Prado haydovchisi qiz bola bo‘lgan.
Jabrlanganlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.
Toshkentda ikki xorij mashinasi ishtirokida yirik yo‘l transporti hodisasi sodir bo‘ldi
Opublikovano Kun.uz 11 marta 2016 g.