Tojikiston elchisi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunladi

O‘zbekiston 18:32 / 11.03.2016 1453

2016 yilning 11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tojikiston Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Muzaffar Huseynovni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Uchrashuvda vazir Tojikiston elchisining O‘zbekistondagi besh yillik faoliyati davomida ikki tomonlama munosabatlarning yanada rivojlanishiga qo‘shgan hissasini qayd etdi hamda yangi tayinlov joyida muvaffaqiyat tiladi.

O‘z navbatida tojikistonlik elchi O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli faoliyati davomida yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: