Shveytsariyaning Gunvor kompaniyasi Amerika nefti eksportini boshladi

Jahon 14:17 / 11.03.2016 1087

Shveytsariyaning neft savdosi bilan shug‘ullanuvchi Gunvor kompaniyasi aprel oyida Amerikadan neftning birinchi partiyasini yuboradi.
Amerikada 40 yil amal qilgan neft savdosi taqiqi yaqinda bekor qilingan, deb xabar beradi RNS.

Aframax kemasi Texas shtati Friportdan kompaniyaning ombori joylashgan Panamaga yo‘l oladi.

Amerikaning birinchi neft partiyasini yanvar oyida Xitoyning Sinopec kompaniyasi sotib olgandi.

Amerika nefti savdosi taqiqi bekor qilingach, shuningdek, Vitol, Trafigura va Freepoint Commodities kabi kompaniyalar ham neft yetkazib berishni boshladilar.

Ko‘proq yangiliklar: