Rostovlik erkak Andrey Krashnev Rossiyada ommaviy bo‘lgan, Xitoyning Aliexpress internet-do‘konida
iga buyurtma berdi. Biroq u smartfon o‘rniga shokolad plitkasini oldi.
Andrey bu holat aks etgan videoga yozgan izohida u jo‘natmani olgani pochtaga borganida pochta xodimlari unga jo‘natmani berishgandayoq unda shubha paydo bo‘lganini aytgan. Uning aytishicha, qora paket sariq skotch bilan o‘ralgan bo‘lgan. Aynan shu holat Andreyda shubha uyg‘otgan va shu tufayli u jo‘natmani pochtaning o‘zidayoq ochishga qaror qilgan.
"Men qora paket sariq skotch bilan o‘ralganiga darrov hayron bo‘ldim. Men paketni pochta bo‘limidayoq ochishga va bu jarayonni videoga muhrlashga qaror qildim. Mening xavotirlarim tasdiqlandi. Jo‘natma ichida telefon yo‘qligi aniqlandi", deb aytmoqda erkak.
Andrey olishi kerak bo‘lgan telefon shunday ko‘rinishga ega.
Andrey bu holatdan sarosimaga tushmay, pochta bo‘limida zaruriy hujjatlarni to‘ldirdi, internet-do‘kon saytida buni ma'lum qildi va o‘zi olgan videoni joylashtirdi. Bu Andreyga xarid uchun to‘lagan barcha pulini to‘liq qaytib olishga yordam berdi.
Andrey u bilan yuz bergan holatdan boshqalar unumli foydanishlariga umid bildirdi.