GM Uzbekistan AJ Rossiyada avtomobillar savdosini 2015 yil fevral holatiga taqqoslaganda bu yil 3 foizga – 1,586 ming avtomobilga kamaytirdi. Bu haqda Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi avtoishlabchiqaruvchilar Kengashi ma'lumot yetkazdi.
Shu o‘rinda, 1269 ta mashina sotilgan 2016 yil yanvar oyiga nisbatan savdo 25 foizga ko‘tarilgan.
2016 yil yanvar-fevral oylarida GM Uzbekistan AJ 2,855 avtomobil sotgan, bu ko‘rsatkich 2015 yil o‘sha davrga nisbatan 22 foizga kam, deb xabar beradi uzdaily.uz.
GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining 2016 yil yanvar-fevral oylari uchun Rossiya bozoridagi ulushi 1,5 foizni tashkil etdi, 2015 yil shu davrda bu ko‘rsatkich 2 foiz bo‘lgan.
2016 yil fevral yakuniy hisobiga ko‘ra, GM Uzbekistan AJ Rossiyada avtomobil sotish hajmi bo‘yicha 18 o‘rinni egalladi.
2016 yil yanvar-fevral yakuniy hisobi bo‘yicha, Gentra modeli eng ko‘p sotilgan avtomobillar ro‘yxatida 25-o‘rinni egalladi. 2015 yil yanvar-fevral oylarida Rossiyada ushbu model 1909 ta sotilgan bo‘lsa, 2016 yil shu davrda bu ko‘rsatkich 2146 taga yetdi.