Ispaniyalik tennischi, jahon professional tennischilar Assotsiatsiyasi (ATP) reytingida 5-o‘rinni egallab turgan Rafael Nadal o‘ziga nisbatan doping qabul qilgan deya ayblov qo‘ygan Fransiya sobiq sport vaziri Rozelin Basheloni sudga berishi mumkin. Bu haqda Cadena COPE radiosi xabar tarqatdi.
Oldinroq Bashelo D8 telekanaliga bergan intervyusida sportchining 2012 yilda 7 oy mobaynida tennis musobaqalarida ishtirok etmaganiga doping bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lganini ma'lum qilgandi.
«Hammamiz bilamizki, Nadalning jarohati aslida doping-tekshiruvning ijobiy natija berganida. Tennischi bir necha oy o‘ynamaganiga uning doping-testdagi muvaffaqiyatsizligi sabab bo‘lgan. Har doim ham emas, lekin tez-tez», - deya ta'kidlagandi Bashelo.
Hozirda Amerikanining Indian-Uells shahrida bo‘lib o‘tadigan turnirga bor e'tiborini qaratgan. Musobaqadan keyin u Basheloni yolg‘on xabar tarqatgani uchun sudga berishni maqsad qilib qo‘ygan.