«Aziya Avto» zavodi 2016 yilda Qozog‘istonda Lada’ning Vesta, Kalina, Granta (sedan va liftbek), Priora, 4x4 5d, XRay hamda Largus rusumlarini yig‘ishni boshlaydi. Bu haqda zavod rahbari Yerik Sigimbayevga asoslangan holda «Interfaks» xabar bergan.
«Mahalliy bozorda taqchillik tufayli Lada avtomobillariga talab katta va 2016 yil davomida bu avtomobillarning yig‘ilishi yo‘lga qo‘yiladi. Qozog‘istonning o‘zida Lada avtomobillarini yig‘ish bizga narxlar ustidan nazorat qilish va modellarning mahalliy bozorda raqobatbardosh bo‘lishini ta'minlaydi», — deydi Sigimbayev.
Sigimbayevning eslatib o‘tishicha, Rossiyadan tayyor Lada avtomobillari eksporti qisqartirilishi Ust-Kamenogorskdagi «AvtoVAZa» va «Azii Avto» zavodlarida 2015 yildan bu avtomobillarni yig‘ishni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq.
O‘tgan yilda «Bipek Avto — Aziya Avto» xoldingi Qozog‘iston bozoriga 24,5 ming donadan ortiq Lada avtomobili yetkazib bergan.