Pentagon IShIDning kimyoviy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha bosh muhandisi qo‘lga olinganini tasdiqladi

Jahon 07:50 / 11.03.2016 2568

Pentagon AQSh maxsus kuchlari IShIDning kimyoviy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha bosh muhandisini qo‘lga olganlarini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Pentagon bayonotida Sulaymon Dovud al-Afariy, shuningdek Abu Dovud ismi bilan ham ma'lum bo‘lgan kimsa qo‘lga olingani aytilgan. Ayni vaqtda u Iroq hukumati nazoratida qolmoqda.

Pentagonning ta'kidlashicha, Abu Dovud IShIDning kimyoviy qurollar obektlari va turli kimyoviy ishlab chiqarishlari hamda bu tuzilmada ishlovchi va unga aloqasi bor odamlar haqida batafsil ma'lumot bergan.

Ko‘proq yangiliklar: